Yüreğir, Adana




Yüreğir — Adananing markaziy tumanlaridan biri. Adananing oʻrtasidan oqib oʻtuvchi Seyhan daryosi Yüreğir va Seyhan tumanlarini ajratib turadi.

Tarixi



Adananing markaziy tumani Yüreğir 1986-yil 5-iyunda qishlog'iga aylantirildi. 1250 — 1352-yillar oraligʻida turk-oʻgʻuz qabilasidan boʻlgan Üçoklara qabilasi yashab kelgani uchun shu nom bilan atalgan. Adanada eng ko'p muhojirlarni qabul qilgan tuman hisoblanadi.

Geografik xususiyatlari



Geografik joylshuvi Toros tog'lari etagida tashkil etilgan Chukurova universiteti joylashgan, shimolda Yüreğir tumanining turar-joy maydoni bilan, sharqda Misis havzasi bilan o'ralgan aholi punktidir. G'arbda Seyhan daryosi, janubda Qoratosh tekisligi bilan chegaradosh. Yüreğir tumani o'tish joylarida joylashganligi sababli, muhim birlashma nuqtasi sifatida qabul qilingan.

Tumanning shimolida Imoto'g'li, shimoli-g'arbida Karaisali, g'arbda Seyhan, sharqda Jeyhan, janubda Yumurtalik va Karatash tumanlari bilan chegaradosh.

Tumanda topilgan arxeologik buyumlar



Ilk va oʻrta asrlarda muhim aholi punkti boʻlgan Yüreğir va uning hududida koʻpriklar va tepaliklar, pol mozaikalari, suv oʻtkazgichlari, hammom va karvonsaroylar kabi qadimiy asarlar topilgan. Bu asarlar Xet, Rim, Saljuqiy va Usmonlilardavrlariga kelib taqaladi.

Aholisi



Yüreğir tumani 107 ta qishloqdan iborat.

Qishloqlari



Yüreğirdagi 106 ta qishloqdan 39 tasi tuman markazda joylashgan. 360 628 nafar kishi (83,8%) markaziy qishloqlarda istiqomat qiladi. Eng uzoqdagi qishloq - Chelemli bo'lib 40,8 km uzoqlikda. Aholi eng koʻp boʻlgan qishloq Kışla bo'lib 25.966 kishi istiqimot qiladi. 2017-yilda Yüreğir aholisi 1,21% ga o'sdi.

* Km — Seyhan tumanidagi tuman hokimligigacha bo'lgan masofa.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz