Yōrō, Gifu




Yōrō (yaponcha: 養老町 Yōrō-chō?) Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Yorō tumanida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 10.356 ta xonadonda 29.309 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 405 kishidan toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 72,29 kvadrat kilometrni (27,91 mi²) tashkil etadi.

Geografiyasi



Yōrō Gifu prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, gʻarbda Yōrō togʻlari va sharqda Ibi daryosi hamda Makita daryosi shahar hududidan oqib oʻtadi.

Iqlimi



Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Yōrōda oʻrtacha yillik harorat 15,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1840 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladi.

Qoʻshni munitsipalitetlar




Demografiyasi



Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Yōrō aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan va shu vaqtdan buyon kamaygan.

Tarixi



Yōrō atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari bilan 1897-yil 1-aprelda Yōrō shahri tashkil etildi. Yōrō Takeda shahri va Hirohata, Kamitado, Ikebe, Kasago, Kobata, Tado, Hiyoshi va Ayhara qishloqlari bilan birlashib, 1954-yilda Yōrō shahrini tashkil qilgan. 2004-yilda Ogaki shahriga qoʻshilish boʻyicha referendum magʻlubiyatga uchradi.

Taʼlim tizimi



Yōrōda shahar hokimiyati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda ikkita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Gifu prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham faoliyat yuritadi.

Transport



Temir yoʻl




Magistral yoʻl




Qardosh shahar munosabatlari




Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Mahalliy afsonalar




Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz