Yozuv materiallari
Yozuv materiallari- yaʼni yozma yodgorliklarda qo`llaniladigan unsurlar(tosh,qog`oz,papirus va boshqalar).
Qadimga Yozuv materiallarining ya’ni papirus, yogoch, pergament, tosh va boshqalarning shakli ma’lum bir korinishga ega bolmagan. Yozilishi zarur bolgan ma’lumot hajmiga qarab Yozuv materiali tanlagan. Insoniyat qo`lyozmalardan foydalangandan to shu paytgacha yozuv materiallari (papirus, yogoch, pergament, tosh, qog`oz va boshqalar) hajmi, shakli, korinishi, bezagi jihatidan ancha takomillashdi va bugungi ihcham korinishga ega boldi. Masalan, qog`ozdan dastlab yozuv materillari sifatida qo`lyozmalar tushirilib foydalanilganda hozirgi yozuv qog`ozlariga nisbatan ikki baravar katta bolgan.
Sharqda Yozuv materiallarni o`rganish xattotlik san’ati bilan uzviy bog`liq. Chunki hattotlik yozuv bilan shug`ullanadi va yozuv ustida ish olib boradi Ayniqsa, Sharq madaniyatida yozuv materiallarni bezash alohida ahamiyat kasb etgan. Dastlabki yozuvlarda geometrik shakllardan foydalanilgan. Vaqtlar o`tishi bilan yangi usullar paydo boldi. Masalan, XVI asrning ortalaridan kitob, yozuvlarni bezashning yangi korinishi yuzaga keldi. Bu paytda bosma kitob va qo`lyozmalar oq va qora rangda bezaldi.Yozuv materiallarida me’morchilik inshootlarining suratlari ham tushirila boshlandi. Masalan, cherkov, masjid, obida suratlari bilan bezash urfga aylandi. Shuningdek, yozuvlarni bezashda dekarativ yozuv hisoblangan-chirmashgan xatni qo`llash urfga aylandi.
Bir so`z bilan aytganda, Yozuv materiallari insoniyat uchun eng muhim davrlarni, shaxslarni va ularning hayoti, faoliyatini o`zida aks ettirib saqlab qoldi. Bugun yurtimizning bir qator tarixiy joylarida, muzeylarida O`zbekiston tarixi uchun muhim hisoblangan yozuv materiallariga yozilgan manbalar mavjud va ular bugungi kun uchun juda katta ma’naviy manbadir. Hususan, Temuriylar tarixi Muzeyidagi Usmon Qur’oni qog`oz (yozuv materiali)ga tushirilgandir/
Iroda Orifjonova
uz.wikipedia.org