Yoyiq bo'tako'z




Toshkakra , yoyiq boʻtakoʻz (Centaurea squarrosa Willd.) — murakkabguldoshlar oilasi boʻtakoʻzlar turkumiga mansub koʻp yillik begona oʻt. Boʻyi 20—60 sm, poyasi bir nechta, qirrali. Barglari mayda, yashil; ildiz boʻgʻzidagi barglar patsimon qirqilgan, boʻlaklari qalami, tikansimon oʻrama bargchalar bilan oʻralgan. May — iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Urugidan koʻpayadi. Asosan, lalmi ekinzorlarda keng tarqalgan. Adir va togʻ zonalarida uchraydi.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz