YOY
YOY — 1) matematikada — egri chiziq yoki aylananing istalgan ikki nuqtasi orasidagi qismi. Masalan, aylana yoyi. Bir aylanada yoki bir-biriga teng ikki aylanada teng yoylarga teng vatarlar mos keladi va, aksincha, kattaroq yoyga kattaroq vatar to’gri keladi; 2) qadimgi urush va ov quroli, Kamalak. Hozir undan sport maqsadlarida foydalaniladi; 3) yomg’ir tomchilarida yorug’likning sinishi, qaytishi va difraktsiyasi tufayli osmonda hosil bo’ladigan yarim doyra shaklidagi rang-barang Kamalak.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz