YOVMUT OTI
YOVMUT OTI — salt miniladigan jaydari ot zotlaridan biri. Turkmanlarning yovmut qabilasi etishtirgan. Bu zotning kelib chiqishida Arab, mo’g’ul, qozoqi va Axaltaka ot zotlarining ham ta’siri bo’lgan. Shu ot zotlariga xos belgilar yovmut otlarida saqlanib qolgan. Yovmut oti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. Aravaga qo’shib ham ishlatiladi. Yovmut otining peshonasi keng, o’rta bo’yli, bo’yni uzun, ko’pincha yo’g’on. Yovmut oti, asosan, kulrang, to’riq, jiyron yoki qoracha bo’ladi. Yovmut oti ayg’irlarining qarchig’ayigacha balandligi 152,4 santimetr, ko’krak qafasi aylanasi 163,6 santimetr, gavdasining uzunligi 151,2 yovmut ot zoti. santimetr, pochchasining aylanasi 18,5 santimetr, biyalarining qarchig’ayigacha balandligi 148,0 santimetr, gavdasining uzunligi 149,0 santimetr, ko’krak qafasining aylanasi 164,0 santimetr, pochchasining aylanasi 17,9 santimetr. Asosan Turkmaniston, Eronda boqiladi. Xorazm viloyati va Qoraqalpog’istonda ham uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz