YouTube
YouTube, LLC — online video ulashish va ijtimoiy media platformasi. Bosh ofisi Kaliforniyaning San Bruno shahrida joylashgan. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.
2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda YouTube bloklangan. 2019-yil yanvarida blokdan chiqarilgan.
Google kompaniyasi 2021-yil yozidan youTubeʼda reklama orqali pul topadigan AQSHdan tashqaridagi videoblogerlardan daromad soligʻi ushlab qolishni boshlashi mumkin. Soliq bloger tomonidan eʼlon qilingan videoning Qoʻshma Shtatlarda qayd etilgan koʻrishlar sonidan tushadigan daromadga solinadi. Agar bloger zarur maʼlumotlarni vaqtida taqdim etsa, soliq stavkasi mamlakatda amal qiluvchi qonunga binoan daromadning noldan 30 foizigachani tashkil etadi. Googleʼning AQSHda boʻlmagan blogerlar uchun solinadigan soligʻi 2021-yil iyundan boshlab kuchga kirgan.
Hozirda Youtubening YPP (youtube sheriklik dasturi) Oʻzbekistonda ishlamaydi.[[1]]
Sayt tarixi
2005-yil 15-fevralda PayPal ning sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan mashhur video ulashuvchi vebsayt boʻlib, unda foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin.
Yangi funksiya
2021-yil mart oyida YouTube funksiyalaridan biriga oʻzgartirish kiritishi haqida xabar berdi. Kontentga qoʻyilgan dizlayklar soni yashiringan boʻladi. Kontent ostidagi salbiy baholarni esa faqat videoblogerning oʻzi koʻra oladi. YouTube rahbariyati videoblogerlarning kontent ostidagi dizlayklarsoni sabab yetkazilayotgan salbiy ta’siri haqidagi shikoyatidan kelib chiqib ushbu qarorga kelgan.
Youtube 2023-yil fevral oyi boshida shorts[[2]] vudeolarni monetizatsiya qilishni rejalashtirmoqda
Faktlar
Statistika
Eng koʻp obunachiga ega foydalanuvchilar
Youtubeda eng koʻp obunachiga ega boʻlgan 50ta sahifa:
Muhim nuqtalar va reaksiyalar
2018-yil oʻrtalarida Hindistonning T-Series musiqiy video kanalining obunachilari soni oʻsha paytda YouTubeda eng koʻp obuna boʻlgan foydalanuvchi boʻlgan shved veb-komediyachi va kiber sportchi PewDiePie obunachilari soniga tez yaqinlashdi. Natijada, PewDiePie va T-Series muxlislari, boshqa YouTuberlar va mashhurlar ikkala kanalni ham qoʻllab-quvvatladilar. Musobaqa davomida ikkala kanal ham tez surʼatda koplab obunachilarga ega boʻldi va 2019 yilning fevral, mart va aprel oylarida bir necha marta obunachilar sonidan oʼzib ketdi. T-Series oxir-oqibat doimiy ravishda PewDiePie-dan oʻzib ketdi va 29-may kuni u 100 million obunachiga ega boʻlgan birinchi kanalga aylandi.
Eng koʻp obunachiga ega artistlar
Quyidagi jadvalda YouTube Musicning eng koʻp obunachiga ega 50ta artistlar roʻyhati berilgan:
Eng koʻp like yigʻgan videolar
Quyidagi jadvalda eng koʻp like yogʻgan 30ta video roʻyhati berilgan:
Eng koʻp layk yigʻgan va tarixiy videolar
Quyidagi jadvalda 2010-yil mart oyida layk tugma joriy qilinganidan to hozirgi kungacha YouTubening eng koʻp layk yigʻgan videolar ro‘yxati keltirilgan:
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Manbalar
Havolalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "†", but no corresponding <references group="†"/> tag was found
uz.wikipedia.org