Young and Beautiful
„
Young and Beautiful “ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Lana Del Rey ijro etgan qoʻshiqdir. 2013-yilda suratga olingan The Great Gatsby filmi saundtreki oʻlaroq tanilgan.
Qoʻshiq uchun Chris Sweeney rejissyorligida klip olingan. Klip 2013-yilning 10-mayida chiqarilgan.
„Young and Beautiful“ qoʻshigʻi Avstraliya chartlarida yuqori oʻntalik safidan oʻrin olgan. Bundan tashqari, Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan. 2013-yilning mayida tarona Billboard Hot 100 chartida 22-pogʻonagacha, Hot Rock Songs chartida esa 3-pogʻonagacha koʻtarilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org