You Belong with Me




You Belong with Me “ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Fearless (2008) nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2009-yilning 20-aprelida albomning uchinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Swift qoʻshiq matnini Liz Rose bilan birga yozgan, qoʻshiqni esa Nathan Chapman bilan birgalikda hozirlagan. Shuningdek, xonanda qoʻshiq soʻzlarini doʻstining qiz oʻrtogʻi bilan telefon qoʻngʻirogʻidan ilhomlanib yozgan. Qoʻshiq matni bir qahramonning ikkinchisiga boʻlgan bir tomonlama muhabbati haqidadir. „You Belong with Me“ country pop janridagi qoʻshiqdir.

Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. „Yil qoʻshigʻi“ (inglizcha: Song of the Year), „Yil yozuvi“ (inglizcha: Record of the Year) va „Eng yaxshi ayol pop-vokal ijrosi“ (inglizcha: Best Female Pop Vocal Performance) nominatsiyalarida Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Tarona koʻplab mamlakatlar musiqa chartlarida yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan hamda Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda savdosi chaqqon boʻlgani ortidan sertifikatlar bilan taqdirlangan. „You Belong with Me“ning savdosi AQShda ham chaqqon boʻlgan. Billboard jurnali yuritadigan Hot 100 chartida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Ayni jurnal yuritadigan Radio Songs chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda shu chartda birinchi pogʻonaga koʻtarilgan birinchi country janridagi qoʻshiqqa aylangan. Ashula Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan 7× platina sertifikati bilan taqdirlangan.

„You Belong with Me“ CMT va VH1 nashrlari tuzgan 2000-yillarning eng buyuk qoʻshiqlari roʻyxatida mos ravishda 8- va 50-oʻrinni egallagan. Qoʻshiq uchun olingan klipga Roman White rejissorlik qilgan. Klipda Swift ikki qahramonni jonlantirgan: birinchisi oddiy, odamovi qiz qahramoni boʻlsa, boshqasi kalandimogʻ, takabbur qiz qahramonidir; Lucas Till klipda bosh qahramonlardan biri boʻlmish yigit rolini ijro etgan. Klip „Ayol ijrosidagi qoʻshiqqa olingan eng yaxshi videoklip“ (inglizcha: Best Female Video) nominatsiyasida MTV Video Music Awardni olgan.

Chartlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz