YOSTIQTUMOR



YOSTIQTUMOR — ziynat buyumi, ayollar bo’yniga ilib, qo’ltig’i ostiga tushirib qo’yadigan taqinchog’i. Metall (asosan kumush va boshqalar) dan yostiq shaklida yasaladi, tana qismining ustidagi zanjiri bilan bo’yinga osiladi; tana qismining ostida 6 qator panjara oyoq, ularning ostiga shokilalar o’rnatiladi. Tananing bir tomonida ochilib yopiladigan qopqog’i bor. Yostiqtumor ichiga xat, pul va hokazolar solinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz