YOSTIQ — 1) bosh qo’yib yotiladigan, yonboshlab yoki suyanib o’tiriladigan uy ashyosi. Jildi gazlamadan tomonlari teng (murabba), to’rtburchak yoki dumaloq (bolish) shaklida tayyorlanadi, ichiga par, paxta, jun solib tikiladi; 2) arava gupchagiga qoqilgan yog’och bo’lak; 3) objuvoz o’qining turumi joylanadigan quyma cho’yan bo’lak, turumlarni tekis aylanishini ta’minlaydi; 4) Yostiq shaklidagi naqsh.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish