Yosir Al-Rumayyan
Yosir ibn Usmon al-Rumayyan (arabcha: ياسر الرميان) Saudiyalik boʻlgan tadbirkor, Suveren investitsiya fondi (SIF) boshqaruvchisi (Saudiya Arabistoni Podshohligi), Nyukasl Yunayted futbol klubi (Angliya) va Saudiya Aramco kompaniyasi raisi.
Yoshlik yillari va taʼlim
Yosir Al-Rumayyan 1970-yil 18-fevralda tug‘ilgan va 1993-yilda Alahsadagi Qirol Faysal universitetini tamomlagan, keyinroq 2007-yilda Garvard biznes maktabini umumiy boshqaruv dasturini bõyicha tamomlagan.
Karyera
U oʻz faoliyatini Saudi Hollandi Bankida boshlagan, u qimmatli qogʻozlar listingi boshligʻi boʻlgan Kapital bozorlari boshqarmasiga (CMA) qoʻshilishdan oldin xalqaro brokerlik boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 2011 yildan 2015 yilgacha Al-Rumayyan Banque Saudi Fransi investitsiya banki bo‘limi Saudi Fransi Capital (SFC)ning bosh direktori bo‘lgan. 2014 yildan 2015 yilgacha Saudiya fond birjasi direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan.
Suveren investitsiya fondi
2015-yil sentabr oyida Al-Rumayyan Saudiya Arabistoni Suveren investitsiya fondining boshqaruvchi direktori etib tayinlanadi.
2016 yilda SIF AQShda joylashgan Uber Technologies Inc. kompaniyasiga 3,5 mlrd. aqsh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Ushbu kelishuv doirasida al-Ramayyan Uber direktorlar kengashi tarkibiga kiritildi.
2016-yil avgust oyida Al-Rumayyan Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi boshqaruviga Aramco va SIF o‘rtasida Saudiya iqtisodiyotini qayta qurish bo‘yicha yaqin hamkorlik yo‘lidagi harakat doirasida qo‘shildi. Oʻsha yilning oktyabr oyida SIF yangi tashkil etilgan SoftBank Vision Fundga 45 milliard dollar sarmoya kiritdi. 2017 yil may oyida SIF Blackstone bilan birgalikda AQSh infratuzilma fondiga 20 milliard dollar sarmoya kiritdi.
2017-yil oktabr oyida Al-Rumayyan SIF boshqaruv ostidagi aktivlarini 400 milliard dollardan ko‘proqqa oshirishni va 2020 yilga kelib 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilganini eʼlon qildi Shu bilan birga, u aktivlarni ko‘paytirish, yangi tarmoqlarga sarmoya kiritish, texnologiyalarni mahalliylashtirish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kabi to‘rtta maqsadga asoslangan fondning yangi investitsiya strategiyasini taqdim etdi. U, shuningdek, SIF muayyan aktivlarni moliyalashtirish uchun konservativ tarzda qarz olishini va Blackstone va SoftBank bilan hamkorlik qilishni davom ettirishini aytdi. U SoftBank Group va Reliance Industries Ltd kengashlarida ham qatnashadi.
Al-Rumayyan Saudiya Arabistoni rejimining 2017-yildagi tozalash ishlaridan so‘ng aktivlarni SIFga o‘tkazishda ishtirok etgan. Al-Rumayyan rejim tomonidan egallab olingan 20 ta shirkatni SIFga oʻtkazdi. Keyinchalik bu kompaniyalardan biri jurnalist Jamol Qoshiqchi oʻldirilishida saudiyalik operativlar tomonidan qoʻllanilgani aytilgan edi.
2018-yil sentabr oyida Al-Rumayyan SIFning 11 milliard dollarlik kredit mablag‘i bilan uzoq muddatli strategiyasiga kreditlar va qarz vositalarini kiritish bo‘yicha birinchi qadamini eʼlon qildi. Keyingi bosqichda u fond oʻz portfelidagi xalqaro aktivlar ulushini 2030 yilga kelib 10 foizdan 50 foizgacha oshirishni maqsad qilganini aytdi.
2019-yil fevral oyida Abu-Dabidagi Milken institutida Al-Rumayyan SIF London, Nyu-York va San-Fransiskoda yangi ofislarini ochishini va 2019-yil oxirigacha ishchilar sonini 450 dan 700 ga oshirishini eʼlon qildi Shuningdek, u fond Saudiya Arabistonidagi qayta tiklanadigan energiya loyihalariga, jumladan, mahalliy quyosh panellari ishlab chiqarishga sarmoya kiritishini aytdi.
2021-yil oktabr oyida SIF " Nyukasl Yunayted "ni Suveren investitsiya fondi va Al-Rumayyandan iborat konsorsium tomonidan sotib olinishini hamda klubni sotib olgandan so‘ng u klub raisi etib saylanishini eʼlon qildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org