YO’SINSIMONLAR, moxsimonlar (Briopsida) — yuksak o’simliklarning bir bo’limi. Ba’zi olimlar arxegonial o’simliklar sinfi deb hisoblaydi. Yo’sinsimonlarda chin ildiz va o’tkazuvchi to’qima bo’lmaydi. Tuban Yo’sinsimonlar tallomli, birmuncha murakkablari esa poya va bargli. Yo’sinsimonlarda yashil o’simlik jinsiy bo’g’in gametofit, jinssiz bo’g’in sporofitdan ustunlik qiladi. Jinsiy urchish anteridiy va arxegoniy yordamida sodir bo’ladi. Anteridiyda hosil bo’lgan 2 xivchinli spermatozoid suv orqali harakatlanib, arxegoniy tomonga intiladi va tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayra (zigota) rivojlanib, sporangiy hosil qiladi. Yo’sinsimonlar paleozoy erasidan ma’lum. Suvo’tlarning qadimiy vakillaridan kelib chiqqan. Ikkita sinfi — jigarsimon (Hepaticae) va yaproqsimon (Musci) yo’sinlar bor. Yer yuzida 40000 ga yaqin turi ma’lum. Yo’sinsimonlardan torf hosil bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish