Yoshlar ishlari agentligi




Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi  — yoshlar bilan bogʻliq muammolarni yechish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadigan agentlik.

Tarixi



1918-yilda Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi OʻzSSR boshqarmasi sifatida tashkil topgan.

1991-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan.

1996-yilda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati sifatida faoliyat koʻrsatgan.

2017-yilda yana Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son farmoni bilan agentlik sifatida qayta tashkil etildi.

2022-yil 30-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi.

Vazifasi



Yoshlar ishlari agentligining vazifalari Oʻzbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq belgilandi va bular quyidagilardan iborat:

Shuningdek, Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyun kungi „Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-son qarori qabul qilinib, agentlikning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Boshqaruv tarkibi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz