Yoshlar




O'zbekisto milliy teleradiokompaniyasi "Yoshlar" teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati. 1998-yilning 1-sentyabridan o'z ish faoliyatini boshlagan. 2022-yil 30-iyun kuni telekanal faoliyatida rebrending o'tkazilgan. Rasmiy veb sahifasi: www.yoshlartv.uz

Tashkil etilishi



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martdagi qarori asosida O'zteleradiokompaniya tarkibida "Yoshlar" telekanali tashkil etilgan

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil tele-, radiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-son Farmoniga asosan «Yoshlar» telekanali va «Yoshlar» radiokanali negizida «Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi.

2021-yil 18-noyabrdan boshlab, "Yoshlar" telekanali ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo'lgan telekanal sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.

Maqsad va vazifalari



«Yoshlar» teleradiokanali faoliyatining asosiy yo`nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat:

- Yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ'ib etish;

- O'zbekiston Respublikasi hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlarni hamda mazkur jarayonda Yoshlarning ishtirokini keng yoritish;

- Yosh avlodni Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash

Yutuqlari



«Yoshlar» teleradiokanali o`zini o`zini yuz foiz moliyaviy ta’minlashga o`tgan elektron ommaviy axborot vositasi bo`lib, korporativ boshqaruv sohasidagi jahonning eng ilg`or tajribalarini va bozor ko`nikmalarini muvaffaqiyatli va samarali o`zlashtirib kelmoqda. «Yoshlar» teleradiokanalining asosiy – lokomotiv ijodiy tashkiloti bo`lgan «Yoshlar» telekanali O`zbekistondagi eng nufuzli va reytingi baland ommaviy axborot vositalaridan biri sanaladi. «Yoshlar» telekanalining ijodiy stilistikasi, o`ziga xos uslubi va yondoshuvlari O'zbekiston Respublikasidagi boshqa elektron ommaviy axborot vositalari uchun katta maktab va tajriba manbasi bo`lib xizmat qilgan.

«Yoshlar» telekanali jamoasi erishayotgan yutuqlar munosib e’tiroflar va yuksak mukofotlarga sazovor bo`lmoqda. Uning xodimlari orasida O`zbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, O`zbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvonlari, «Do`stlik» ordeni, "Jasorat medali" va „Shuhrat“ medali sohiblari bor. «Yoshlar» telekanalining o`nlab ijodkorlari «Oltin qalam», «Yilning eng yaxshi jurnalisti», «MTRK sovrini» kabi nufuzli mukofotlarga sazovor bo`lganlar.

Tarkibidagi muharririyatlar va ularning vazifalari



«Yoshlar» telekanali tarkibida uchta bosh muharririyat, ikkita studiya, bosh rejissor xizmati, bosh efirga uzatuvchi rejissor xizmati va muxbirlar punktlari tarmog`i faoliyat ko`rsatadi.

Qiziqarli statistika



Ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilarning asosiy yosh toifasi: 18-35 yoshni tashkil etadi.

Teleradiokanal boshlovchilari



Abror Ma'rufjonov - "Yoshlar press klubi"
Anvar Salimov - "Yoshlar oqshomi"
Azamat Oxundi - "Yangi Davr"
Aziza Muzaffarova - "Yoshlar food", "Start up club"
Azizaxon Ilyosxonova – "Yangi davr","Yoshlar press klubi"
Bekzod Abrorov - "Avtopatrul"
Bobur Yusupov - "Yaxshi kun"
Elyor Hoshimov - "Yaxshi kun"
Feruza Jumaniyozova - "Bollywood news"
Feruza Umrzoqova - "Deputatning bir kuni" "Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar", "Yetakchining bir kuni"
Gulhida Jo'rayeva - "Osh bo'lsin"
Hamza Jumayev - "Yosh kitobxon", "7-qadam"
Hayot Choriyev - "Yaxshi kun"
Hurriyat Ozodova - "Mening dadam zo'r"
Husniddin Ergashev - "Ikki yo'l"
Ilhom Abdurahimov - "Yangi Davr"
Jahongir Murtazoyev - "Yangi Davr"
Lobar Rahmonova - "Yaxshi kun"
Mavluda Toshpo'latova - "Sayohatlar shamoli"
Miraziz Mirzahmedov - "Yangi Davr", "Index"
Mirvohid Zoitov - "Jonli maydon"
Mohinur Yusupova - "Yaxshi kun", "Kameradar"
Muhammadjon Bobojonov - "Jonli maydon"
Nafisa Mavlonova - "Yangi Davr"
Nargiza Mamasoliyeva – “Yangi Davr”, "Davr news"
Nizomiddin Nasimov - "Yangi Davr"
Nilufar Xudoyberdiyeva – “Kino sirlari”
Nodira Boynazarova - "Yangi Davr"
Nozima Mahmudova - "Yangi Davr", "Davr news"
Nozina Isoqova - "Yangi Davr"
Ramazon Najmiddinov - "Yaxshi kun"
Sabrina Namozova - "IIV xabarlari"
Sevara Nabiyeva - "Yangi Davr"
Sevdo Niyozova - "Yulduzlar yurgan yo'l"
Shahlo Tursunova - "Yaxshi kun"
Shahnoza Usmonova - "Yangi Davr"
Shohsanam Karimbekova - "Doiradan tashqarida"
Suhrob Xayriyev - "Yaxshi kun", "So'nggi rekordlar"
Rayim Usmonova - "Jonli maydon"
Xayrulla Bekmatov - "Yoshlar oqshomi"
Xushnoza Mahmudova - "Yangi Davr"
Zuhriddin To'raxo'jayev - "Nima uchun?"

Manbaalar:




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz