YORUG’SEVAR O’SIMLIKLAR
YORUG’SEVAR O’SIMLIKLAR, geliofil o’simliklar — quyosh nuri tushadigan joylarda o’sadigan, soyaga chidamsiz o’simliklar. Yorug’sevar o’simliklarning barglari nisbatan qalin, barg hujayralari mayda, ustunsimon va g’ovak to’qimalarga yaxshi ajralgan, og’izchalari ko’p, barg to’rlari yaxshi rivojlangan. Barg hujayralarida xloroplastlari soyada o’sadigan o’simliklarga nisbatan ancha ko’p, fotosintez intensivligi juda yuqori bo’ladi. Yorug’sevar o’simliklarga zubturum, akasiya, g’o’za, erta bahorda ko’karib chiqadigan va dasht o’simliklari kiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz