YORUG’LIK ETALONLARI



YORUG’LIK ETALONLARI yorug’lik birliklari: ravshanlik, yorug’lik kuchi, yorug’lik oqimi, yoritilganlikni aniq o’lchash uchun qabul qilinadigan namunalar. Asosiy etalon, etalonnusxa va ish etalonlari bor. Platinaning qotish temperaturasi 2042,1 K da nurlanadigan, ravshanligi 60 stilb bo’lgan mutlaq qora jism asosiy etalon deb qabul qilingan. Etalonnusxa lampalar guruhidan iborat: uning nurlanish temperaturasi 2042,1 K. Etalonnusxaga asosan nurlanish temperaturasi 2365 K va 2800 K bo’lgan yorug’lik kuchi ish etaloni vayorug’lik oqimi ish etalon  yasalgan. Ish etalonlari yorug’lik texnikasida o’lchov namunasi sifatida ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz