YORUBA TILI — yoruba xalqi tili. Kvatshmari oilasiga mansub. Nigeriyaning Janubiy-g’arbiy hududlarida, shuningdek, Dogomeyaning ba’zi viloyatlari va Togoning Sharqiy hududlarida tarqalgan Yoruba tilida taxminan 26,2 million kishi so’zlashadi (1992). Bir necha dialektlarga ajraladi. Yoruba tilida 7 ta sof va 7 ta dimoqburunda hosil bo’ladigan unlilar mavjud. Unlilar uyg’unlashuvi va eliziyasn keng tarqalgan. Lug’at tarkibida ikki va undan ortiq so’zdan iborat qo’shma so’zlar ko’plab uchraydi. Yuqori, quyi hamda o’rta ohanglar aniq farklanadi, sirg’aluvchi (yuqorilanuvchi va pasayuvchi) tovushlar ham uchraydi. Gap qurilishi so’zlarning qatiy tartibiga asoslangan yozuvi lotin alifbosi asosida.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish