Yormuhammad Muborakov




Yormuhammad Nurupovich Muborakov (1944.22.4, Olmaota viloyati, Uygʻur tumani-1999.18.11, Toshkent) — mexanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1994), texnika fanlari doktori (1989), professor (1991). ToshDU ni tugatgan (1970). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, direktor oʻrinbosari, direktori (1970—97). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning fizikamat va texnika fanlari kompleksi raisi oʻrinbosari (1998—99). Asosiy ilmiy ishlari yer osti fazoviy inshootlarini seysmik kuchlar taʼsirida deformatsiyalanish-zoʻriqish holatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratishga oid.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz