YORKIN PAVEL KONSTANTINOVICH



YORKIN PAVEL KONSTANTINOVICH [1891.10(22). 2, Kiyev – 1952.9.12, Toshkent] — balet artisti, baletmeyster, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1952), o’zbek professional balet san’atini yaratuvchilaridan. 1910-35 yillarda Kiyev, Odessa, Xarkov, Dnepropetrovsk, Rostov, Tbilisi opera va balet teatrlarida solist, baletmeyster va badiiy rahbar. 1935— 38 yillarda Toshkent rus opera va balet teatrida baletmeyster va pedagog-repetitor. 1944—52 yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatrida bosh baletmeyster. Eng yaxshi postanovkalari: “Boqchasaroy favvorasi” (B. Asafev), “Koppeliya” (L. Delib), “Don Kixot” (L. Minkus), “Qizil gul” (R. Glier), “Raqqosa” (G. Mushel), “Oqqush ko’li” (P. Chaykovskiy), “Oqbilak” (S. Vasilenko) va boshqalar. 17 ta opera raqslarini sahnalashtirgan. 1944 yilda teatr qoshida balet studiyasi tashkil qilib, 1948 yilgacha rahbarlik qilgan. Yorkin tashabbusi bilan Moskva xoreografiya bilim yurti krivda o’zbek balet studiyasi tashkil qilingan (1948-51).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz