YOQUBOVA MARYAM (1931.12.5, Urganch) — Xalq o’qituvchisi (1986). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi (1978). O’zbekiston xalq ta’limi a’lochisi (1958). Xorazm pedagogika institutining fizika matematika, fakultetini tugatgan (1952). 1952 yildan Urganch shahridagi 1-maktabda fizika matematika o’qituvchisi, 1958-62 yillarda Urganch shahri xalq ta’limi bo’limi mudiri, 1962-92 yillarda Urganch shahridagi 94-internat maktab direktori. Yoqubova rahbarlik qilgan internat maktab bu davrda respublikadagi namunaviy ta’lim-tarbiya maskanlaridan biriga aylandi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish