YOQUBOV PO’LAT



YOQUBOV PO’LAT (1937.1.4, Parkent tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Toshkent pedagogika institutining rasm va chizmachilik ftini tugatgan (1961). 1960-61 yillarda Toshkent shahridagi 73-maktabda, 1961 yildan Parkent tumanidagi 1-maktabda o’qituvchi, 1988 yildan metodis to’qituvchi, 1994 yildan oliy toifali mutaxassis. Respublika, viloyat pedagogika o’qishlarida o’qitishning yangi uslublari haqida o’z ma’ruzalari bilan qatnashgan. 1998/99 o’quv yili Respublika ta’lim markazining maktablar uchun chizmachilik va tasviriy san’at fanlari bo’yicha sinov dasturini o’zi ishlayotgan maktabda sinab, ushbu dasturni yaratilishiga o’z hissasini qo’shgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz