YOQUBOV G’ULOM (1915.15.2, hozirgi Asaka tumani — 1945.24.3, Mogilyov viloyati, Belorussiya) — 2-jahon urushi qatnashchisi, kapitan. 1942 yildan frontda. 556-o’qchi polkining (1-belorussiya fronti 3 armiyaning 169-o’qchi diviziyasi) kapitani. Yoqubov rahbarlik qilgan rota Ludchisi qishlog’ida dushman ichkarisiga yorib kirib katta jasorat ko’rsatgan. Rota ko’p talofat ko’rganiga qaramay, egallangan marrani saqlab qolgan. Yoqubov shu jangda halok bo’lgan. 1945 yil Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (vafotidan so’ng).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish