Yoʻqotilgan avlod




Yoʻqotilgan avlod  — Birinchi jahon urushi davrida voyaga yetgan ijtimoiy avlod kogortasi. Ushbu jumladagi „yoʻqotilgan“ soʻzi urushdan keyingi yillardagi janglardan omon qolgan koʻplab odamlarning „yoʻl-yoʻriqsiz“ qolganini anglatadi. Bu soʻz, asosan, 1920-yillarda Parijda yashovchi amerikalik yozuvchilar guruhiga nisbatan qoʻllanilgan. Atamadan, dastlab Gertrude Stein (talaffuzi: Gertruda Shtayn) foydalangan. Keyinchalik, yozuvchi Ernest Hemingway 1926-yilgi „Quyosh baribir chiqaveradi“ (inglizcha: Fiesta) romanining epigrafida ishlatgan: „Sizlar hammangiz yoʻqotilgan avlodsiz“.

Umuman olganda, yoʻqotilgan avlod vakillari 1883—1900-yillar oraligʻida tugʻilgan odamlardan iborat deya hisoblanadi. Sanoat inqilobidan soʻng, yoʻqotilgan avlodning „gʻarbiy aʼzolari“ har qachongidan ham koʻproq savodli, isteʼmolchi va ommaviy axborot vositalariga toʻyingan, lekin ayni paytda qatʼiy konservativ ijtimoiy qadriyatlarni saqlab qolishga moyil boʻlgan jamiyatda oʻsganlar.

Terminologiyasi va yosh oraligʻi



Ushbu atama Birinchi jahon urushi davrida erta voyaga yetgan yosh avlod uchun qoʻllaniladi. Mualliflar William Strauss va Neil Howe yoʻqotilgan avlodni 1883-yildan 1900-yilgacha boʻlgan davr oraligʻida tugʻilgan, Birinchi jahon urushi va yigirmanchi yillar davomida voyaga etgan guruh deya taʼriflaydilar. Yevropada asosan Birinchi jahon urushi boshlangan yil sharafida ularni „1914-yil avlodi“ sifatida tanishgan. Fransiyada ularni baʼzan Génération du feu, („Olovning paydo boʻlishi“) deb ham atashgan.

Adabiyotda



Yoʻqotilgan avlod adabiyoti namoyandalarining asarlari koʻpincha yozuvchilarning Birinchi jahon urushi va undan keyingi yillardagi tajribalariga tegishlidir. Aytishlaricha, bu yozuvchilarning ijodi oʻz hayotining mifologik versiyalaridan foydalanishi asosida avtobiografik boʻlgan. Mualliflar asarlarida tez-tez uchraydigan mavzulardan biri bu tanazzul va boylarning bemaʼni turmush tarzidir. Hemingway hamda F. Scott Fitzgerald ham "Quyosh chiqadi" va "Buyuk Gatsby" romanlarida shu mavzuga toʻxtalib oʻtishgan. Ushbu mualliflarning asarlarida keng tarqalgan yana bir mavzu bu ularning koʻplab romanlarida aks ettirilgan Amerika orzusining oʻlimi boʻlgan.

Mashhur shaxslar



Yoʻqotilgan avlodning taniqli shaxslari orasida F. Scott Fitzgerald, Gertrude Stein, Ernest Hemingway, Ezra Pound, Jean Rhys, Henry Strater hamda Sylvia Beach kabilar bor.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz