YOPISHQOQ BALIQLAR (Echeneidae) — olabug’asimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasining uzunligi 30-90 santimetr. U barcha tropik va subtropik okeanlarda tarqalgan. Orqa suzgichi bosh tomoniga surilib, so’rg’ich hosil qilgan. Yopishqoq baliqlar so’rg’ichida 14 dan 27 tagacha plastinkalari bo’ladi. Plastinkalar yordamida ular turli baliqlar, dengiz toshbaqalari, kitlar terisiga va kemalar ostiga yopishib oladi. Ayrim turlari erkin hayot kechiradi. 7 urug’i va 7 turi mavjud. Plankton va qisman boshqa hayvonlar terisidagi parazitlar bilan oziqlanadi. Ba’zan kichik baliqlarni ovlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish