Yoon Eun Hye




Yoon Eun Hye (koreyscha: 윤은혜; 1984-yil 3-oktyabr) - Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. Eun Hye 1999-yildan 2005-yilgacha Baby Vox qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan. Undan keyin esa aktrisalik faoliyatini boshlagan. U „Princess Hours“(2006), „The Vineyard Man“(2006), „Coffee Prince“ (2007), „My Fair Lady“(2009), „Lie to Me“(2011), „Missing You“(2012) va „Love Alert“(2018) kabi teleseriallarda rol ijro etgan.

Hayoti va faoliyati



Yoon Eun Hye 1984-yil 3-oktyabrda Janubiy Koreyaning Seoul shahrida tugʻilgan. U muvaffaqiyatli boʻlganidan keyin ham, shaxsiy hayotini doim sir tutishga harakat qiladi. Eun Hye Baby Vox guruh aʼzosi sifatida 1999-yilda sobiq aʼzo (Lee Gai) oʻrniga 15 yoshida debyut qilgan. Uning guruhda oʻrni sub-vokal boʻlgan. Eun Hye qoʻshilganidan soʻng, guruh 1999-yilda „Come Come Come“ nomli uchinchi albomini chiqardi. Bu albomda „Get Up“ va „Killer“ qoʻshiqlari koreys musiqa chartlarida birinchi oʻrinni egallashi bilan ularning birinchi yirik muvaffaqiyati boʻlgan. Shuningdek 2004-yildan 2005-yilgacha SBSning mashhur X-Man oʻyin shousining tez-tez mehmoni boʻlib, shoudagi „jangchi qiz“ qiyofasi va Kim JongKook bilan muhabbati tufayli mashhurlikka erishgan. Hamkasbi Shim Eun-Jindan keyin u Baby Vox aʼzosi sifatidagi olti yillik faoliyatini 2005-yilning iyul oyida DR Entertainment bilan shartnomasi tugaganidan keyin tugatgan.

2006-yilda Eun Hye „Princess Hours“ romantik komediyasida rol ijro etgan. U yerda shahzoda bilan uyushtirilganligi tufayli malikaga aylanadigan oddiy qiz rolini oʻynagan. Keyin u katta ekranda debyut qilgan va bokschi sifatida „The Legend of Seven Cutter“ filmida rol oʻynaydi.2006-yilning iyulida KBS telekanalida namoyish etilgan „Vineyard Man“ filmida bosh rolni ijro etib, televizorga qaytadi. „Vineyard Man“ dastlab past baholarga ega boʻladi lekin uning yurakni isituvchi hikoyasi va aktyorlarning rollari uchun ijobiy baholar oladi va oxir-oqibat tomoshabinlar soni ortadi. Eun Hye 2006-yilgi Grimae mukofotida Koreyadagi har bir teleradio kompaniyada kinomatograflar tomonidan tanlab olingan eng yaxshi ayol roli mukofotini qoʻlga kiritgan.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz