Yonma-yon tizilgan saf




Saf (arab. — qator, sira) — harbiy boʻlinma va qismlarning birgalikda harakat qilishi uchun muayyan tartibda joylashuvi. Quldorliktuzumining vujudga kelishi turli qoʻshin qismlarini maʼlum tartibga solish, S. tuzishni taqozo etgan. Yaqin Sharq, Yunoniston, Qad. Rim va Karfagenda qurolyarogʻlarning va harbiy ishning takomillashuvi, jang aravalarining paydo boʻlishi jangovar S.ga alohida diqqat qilishga zamin yaratgan. Turkiy xalqlar tomonidan jahon harbiy sanʼati tarixida birinchi boʻlib otliq askarlar S.ining joriy kilinishi suvoriy qoʻshinining dushman kuchlari ustidan toʻla ustunligini taʼminlagan.

Zamonaviy S. — harbiy xizmatchilar, kichik boʻlinmalar va qismlarning Nizomga koʻra, piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi. Bunda qanotlar oʻrtasidagi masofa — S.ning eni, 1sherenga (oldinda turgan harbiy xizmatchi)dan soʻnggi sherenga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi, mashinalar bilan turganda esa, 1chiziqda (oldinda) turgan mashinalar bilan soʻnggi (orqadagi) chiziqda turgan mashinalar oʻrtasidagi masofa — S.ning boʻyi deb ataladi. Boʻlinmalar 1 yoki 2 sherenga (mashinalar liniyasi)ga yoxud kolonnalar liniyasiga Nizom yoki komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saqlagan holda tizilishi — yoyiq S. boʻlib, shuningdek, boshqa zarur hollarda qoʻllaniladi. Boʻlinmalarning Nizom yoxud komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saklagan holda kolonnalarga tizilishi — yurish Si deb ataladi. U boʻlinmalarning marshni bajarishi, tantanali marsh va ashula bilan oʻtish kabi bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi, shuningdek, boshqa zarur hollarda qoʻllaniladi. S.ni boshqarish — komandirning ovoz, signal va shaxsiy namuna, shuningdek, texnik va harakat vositalari orqali beriladigan buyruqlari orqali amalga oshiriladi.

Kolonna boʻyicha buyruqlar kichik boʻlinmalar komandirlari (mashina boshliqlari) va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.

Yurish safi  — boʻlinma kolonnaga tizilgan yoki kolonnaga tizilgan

boʻlinmalar ketma-ket, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir

tomonidan tayinlangan distansiya qoldirgan holda joylashgan saf.

Yurish safi boʻlinmalar marsh davomida harakatlanishi, tantanali

yurishi, saf qoʻshigʻi bilan oʻtishi uchun va shu kabi, boshqa zaruriy

hollarda qoʻllaniladi.

Yonma-yon tizilgan saf - bo'linmalar bir yoki ikki sherengali

safga (mashinalar chizig'iga) front bo'ylab bir chiziqda tizilgan yoxud

kolonnalar chizig'iga, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir

tomonidan tayinlangan interval qoldirgan holda tizilgan saf.

Yonma-yon tizilgan saf yo'qlama, sanoq, ko'rik, parad o'tkazish

uchun va shu kabi, boshqa zaruriy hollarda qo'llaniladi.

Yetakchi - tayinlangan yo'nalishda bosh bo'lib borayotgan

harbiy xizmatchi (bo'linma, mashina). Qolgan harbiy xizmatchilar

(bo'linma yoki mashinalar) o'z harakatini yetakchiga qarab moslashtiradi.

Oxirda boruvchi - kolonnaning oxirida borayotgan harbiy xizmatchi

(bo'linma, mashina).

Saf boshqarish amallari og'zaki, signal vositasida yoki komandir

tomonidan shaxsan ko'rsatib beriladigan, shuningdek, texnik va

harakatchan vositalar orqali uzatiladigan komanda va buyruqlar orqali

bajariladi.

Komanda va buyruqlar kolonna bo'yicha bo'linma komandirlari

(mashina kattalari) va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.

Mashinada boshqarish amali og'zaki beriladigan yoki aloqa

vositalari orqali uzatiladigan komanda va buyruqlar orqali bajariladi.

Safda katta komandir saf boshqarish uchun o'ziga qulay bo'lgan

joyda bo'ladi. Qolgan komandirlar komandalarni mazkur Nizomda

belgilangan yoki katta komandir tayinlagan joyda qolib berishadi.

Batalyon va brigadaning yurish safidagi vzvod va undan katta

bo'linma komandirlariga safdan chiqishga faqat komanda berib, uning

ijrosini tekshirish uchungina ruxsat beriladi.

Bo'linma «SAFLAN» komandasiga binoan saf tortadi. Ushbu

komandadan oldin saf tortish tartibi ko'rsatib o'tiladi, misol uchun:

(«Guruh, bir sherengaga SAFLAN»). Bunday komandaga binoan,

bo'linma harbiy xizmatchilari safdagi o'z o'mini belgilangan interval va

distansiyaga amal qilgan holda egallab, qad rostlab turishi lozim.

Hamidulla Dadaboyev, Xudoynazar Jumanazarov.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Yonma-yon tizilgan saf — bu odatda odamlar yoki ob’ektlarning bir-biriga yaqin joylashgan, bir qator yoki satr bo‘lib joylashgan joylashuv shakli. Bu tushuncha ko‘plab sohalarda qo‘llanilishi mumkin: maktabda o‘quvchilar safi, harbiy paradlarda askarlar yoki texnikalar safi, yoki oddiy hayotda odamlar yoki narsalarning tartibli joylashuvi.

Yonma-yon tizilgan safning xususiyatlari va ahamiyati:

  1. Tartib va intizom: Saf shaklida joylashish ko‘pincha intizom va tartibni ta’minlaydi. Misol uchun, maktabda o‘quvchilarning safda turishi o‘quv jarayonining tartibli kechishini kafolatlaydi.

  2. Ko‘rinish va tashkiliy jihatlar: Yonma-yon saf ko‘rinish jihatdan chiroyli va tartibli bo‘ladi, bu esa rasmiy tadbirlarda, marosimlarda yoki paradlarda muhimdir.

  3. Oson boshqaruv: Harbiy yoki jamoaviy faoliyatlarda yonma-yon tizilgan saf qo‘mondonlarga askarlarni yoki qatnashchilarni oson boshqarishga yordam beradi. Ular bir qatorga kelib turishadi va kerakli harakatlarni aniq bajarishadi.

  4. Joyni samarali egallash: Bunday joylashuv ko‘p odam yoki ob’ektning cheklangan joyda samarali joylashishiga imkon beradi.

  5. Tezkor reaktsiya: Favqulodda vaziyatlarda safda turish odamlar orasidagi tartibni saqlab, tezkor evakuatsiya yoki boshqa muhim harakatlarni amalga oshirishni osonlashtiradi.

Yonma-yon tizilgan safga misollar:

Xulosa qilib aytganda, yonma-yon tizilgan saf umumiy tartib va intizomni ta’minlaydigan, ko‘rkam va samarali joylashuv shaklidir. U har qanday jamoaviy faoliyatlarda muhim ahamiyatga ega.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz