Yonish nima?



Yoqish, yondirishni ilm-fanda “yonish” degan umumiy bir so’z bilan atashadi. Yonishning ko’pgina turlari mavjud, lekin ko’p hollarda ular g’oyat oddiy usulda namoyon bo’ladi. Havodagi kislorod qandaydir boshha biron material bilan o’zaro ta’sirga qirishib, yonishi mumkin. Natijada issiqlik paydo bo’ladi. Agar jarayon tez kechadigan bo’lsa alanga yoki tutash, burqsish hosil bo’ladi. Yoki biz, masalan, portlash paytida xuddi shu xildagi reaktsiya vujudga kelishini ko’rishimiz mumkin. Yog’och yoki qog’oz kislorod bilan reaktsiyaga kirishadigan bo’lsa, unda o’t paydo bo’ladi. Biroq bunday yoqilish avtomobil dvigatelida ham yuz beradi. Benzin atrof-borliqni o’rab turgan kisolorod bilan reaktsiyaga kirishib, yonadi. Avtomobil dvigatelida yonish shu qadar tez ro’y beradiki, biz uni portlash deb atashimiz mumkin. Yoki, aksincha, shunday sekin, sezilar-sezilmas yonishlar bo’ladiki, biz uni yillab sezmasligimiz mumkin. Masalan, metallarning zanglashida biz shunday yonishni kuzatamiz! Yonish asta-sekinlik bilan yuz berganida, agar issiqlik ochiq havoga chiqib ketmasa, temperatura shu qadar baland darajaga ko’tariladiki, natijada yonish yuz beradi. Bu “o’z-o’zidan yonish” deb ataladi. O’z-o’zidan yonish moyli lattalar uyum bo’lib yig’ilib qolgan yopiq binolarda boshlanishi ham mumkin. Moy asta-sekin oksidlanadi, bu esa issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Agar bu oksidlanish o’zi uchun chiqib ketadigan yo’l topa olmasa, u qizishadi. Oxir-oqibatda, bu holat shu darajaga yetadiki, lattalar o’z-o’zidan yonishi mumkin. Yonish uchun zarur kislorod tabiatda keng tarqalgan. Atrofimizni o’rab turgan havoda taxminan 21 foiz kislorod bor. Kislorod yonish jarayonini boshlab berishi mumkin. Shu bilan birga, yonish jarayoni boshlanishi uchun kisloroddan tashqari “yonuvchan” xom ashyo ham bo’lishi zarur. Yoqish uchun ishlatiladigan yonuvchan xom ashyolar “yonilg’i” deb ataladi. Yonilg’ilar qattiq, suyuq va gazsimon degan turlarga bo’linadi. Ularni kelib chiqishiga ko’ra tabiiy, kimyoviy va metallga asoslangan deb xillarga ajratish ham mumkin. Uglerod – ko’pgina turdagi yonilg’ilarda eng muhim element hisoblanadi. Tarkibidagi uglerod katta foizni tashkil etgan yonilg’i tekis va alangalanib yonadi. Boshqa ko’mir xillariga qaraganda toshko’mir yoki antrasit tarkibida uglerod ko’p bo’ladi. Shu sababli undan tutun va kul kam chiqadi. Suyuq turdagi eng o’tkir yonilg’ilar neftdan olinadi. Benzin, kerosin va yonuvchan moylar ana shunday yonilg’ilardir.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi

Sun'iy intellekt javobi:

Yonish nima?

Yonish — bu moddaning kislorod bilan tez va nazorat ostidagi kimyoviy reaksiyasi bo‘lib, bunda issiqlik va yorug‘lik (odatda olov) hosil bo‘ladi. Yonish jarayoni oksidlanish reaktsiyasining bir turi bo‘lib, uning natijasida moddalar molekulalari parchalanadi va yangi mahsulotlar, asosan karbonat angidrid (CO₂), suv bug‘lari (H₂O) va boshqa gazlar ajralib chiqadi.

Yonish jarayoni uchun uchta asosiy omil kerak bo‘ladi, ularni «yonish uchburchagi» deb atashadi:

  1. Yonuvchi modda (yoqilg‘i) — yog‘lar, gazlar, yog‘och, qog‘oz, benzin kabi materiallar.
  2. Kislorod — atmosfera havosida mavjud bo‘lib, reaktsiyani davom ettirish uchun zarur.
  3. Isitish yoki boshlang‘ich harorat — yonishni boshlash uchun moddani ma'lum haroratgacha qizdirish kerak.

Agar ushbu omillardan biri yo‘q bo‘lsa, yonish jarayoni yuz bermaydi.

Yonish turli sohalarda keng qo‘llaniladi: avtomobil dvigatellarida yoqilg‘ini yonishidan harakat energiyasi olinadi, uyda isitish tizimlarida, sanoatda metall eritishda, oshxonada ovqat pishirishda va boshqalarda yonish jarayoni asosiy ahamiyatga ega.

Yonish jarayoni ba'zida xavfli bo‘lishi mumkin va yong‘inlar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yonuvchi moddalarni ehtiyotkorlik bilan saqlash va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz