Yonbosh qalʼa
Jonbos qalʼa , Yonbosh qalʼa — qad. qalʼa harobasi. Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanidagi Sulton Uvays togʻi jan.-sharqida joylashgan (mil. av. 4-asr—mil. 2- a.). S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan (1938-39). J.q. mayd. 200×170 m; xom gʻisht va paxsadan qilingan qalin va qoʻsh devorlar bilan oʻralgan. Devorlarining bal. 10—11 m, qalinligi 1 — 13 m, ular oʻrtasidagi 2,8 m kenglikda yoʻlak boʻlib, tashqi devorda shaxmat taxtasi tarzida ikki qator qiya shinaklar boʻlgan. Darvozadan boshlangan yoʻl qalʼani teng ikki dahaga ajratgan, yoʻl oxirida otashparastlar ibodatxonasi — otashkada harobasi, qalʼa ichida 300 dan oshiq uy va kichik xrvlilar, sopol pishiradigan xumdon qazib ochilgan. Charxda yasalgan juda koʻp sifatli sopol idishlar (katta-kichik koʻza, xum, uzun tutqichli qadah, chuqur kosa, qozon va b.) topilgan. Ayrim koʻzalar bandining yuqori qismi idish chetini tishlab turgan arslon va b. jonzodlar shaklidan iborat. Turli rangdagi katta-kichik marjon-munchoqlar orasida Suriya, Misr, Shim. Qora dengiz boʻyi shaharlaridan keltirilganlari ham uchraydi. J. q. mil. 2-asrda harobaga aylangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org