YON NERVLILAR



YON NERVLILAR (Amphineura) tuban mollyuskalar kenja tipi. Chig’anog’i o’zaro harakatchan birikkan 8 ta plastinkadan iborat yoki bo’lmaydi. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va undan ketadigan ikki juft bo’ylama nerv poyalari, jumladan ikkitasi plevroviseral nervlar tana bo’ylab jabra (galsama) egatchalari ustida, ikkitasi (pedal) nervlar oyog’i ustida joylashgan. Yon nervlilar sovutlilar va egat qorinlilar sinflariga bo’linadi. Yon nervlilar orasida xitonlar dengizlarning sohilga yaqin joylarida keng tarqalgan. Xitonlar yassi oyoklari yordamida toshlarga yopishib hayot kechiradi. Egat qorinlilar sinfiga dengiz tubida yashovchi chuvalchangsimon, sodda tuzilgan yirtqich mollyuskalar kiradi. Tanasining uzunligi 30 santimetrga yetadi. Yon nervli mollyuskalardan Neomenia va Chaetoderma urug’lari keng tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz