YOMONTOV TOG’I



YOMONTOV TOG’I — Markaziy Qizilqumdagi tog’. Tomditov tog’larining eng chekka Janubi g’arbida joylashgan. Eng baland joyi 506 metr (Siztov cho’qqisi). Yomontov tog’ining suvayirg’ich qismi keskin ko’tarilgan. Janubi g’arbdan shimoli sharqqa yo’nalgan. Yon bag’irlarida quruq soy va o’zan ko’p. Yomontov tog’ining cho’qqisi quyi paleozoyning tub jinslaridan iborat, qolgan joylar nuragan jinslar bilan qoplangan. Etaklarida bo’r va paleogenning cho’kindi jinslari (gil, alevrolit, qum va boshqalar) keng tarqalgan. Bo’z, qo’ng’ir tuproklarda shuvoq, keyreuk, biyurg’un, izen va boshqa kserofitlar o’sadi. Yon bag’irlaridan Qorako’l qo’ylari boqishda foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz