YOMON TOV — Markaziy Qizilqumdagi tog’. Qozoqtov tog’ining Janubida joylashgan. Eng baland joyi 340 metr. Shimoli g’arbdan janubi sharqqa yo’nalgan. Uzunligi 8— 10 kilometr. Janubiy g’arbiy yon bag’irlari qiyaroq, zinapoyasimon pasayib prolyuvial shleyfga tutashgan. Shim. g’arbiy yon bag’irlari tikroq va quruq soylar bilan o’yilgan. Yomon tov kristalli paleozoy, bo’r va paleogen davrlarining cho’kindi jinslaridan tashkil topgan. Shimoliy g’arbiy yon bag’irlari ayrim joylarda eol qumlari bilan band. Bo’zqo’ng’ir tuproqlarda biyurg’un, keyreuk, shuvoq boyalich o’sadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish