YOMON QASHQIRTOV



YOMON QASHQIRTOV Markaziy Qizilqumdagi tog’. Bo’kantov tog’larining Janubiy Sharqiy qismida joylashgan. Eng baland joyi 578 metr, uzunligi 14-15 kilometr, Janubi g’arbdan shimoli sharqqa tomon yo’nalgan. Tog’ Janubi g’arbga, Mingbuloq botig’i tomon pasayib boradi. Markaziy qismi baland, bu joyda yon bag’irlari ancha tik va o’ydim-chuqur, tub jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan, qirrali, turli eroziya va nurash jarayonlari vujudga kelgan. Boshqa joylarida tub jinslar usti nuragan jinslar bilan qoplangan. Yomon qashqirtov paleozoyning kristalli jinslari (slanes, ohaktosh, konglomerat, qumtosh va boshqalar) dan tashkil topgan. Bo’z qo’ng’ir tuproqlarda siyrak holda biyurg’un, boyalich, shuvoq o’sadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz