Yomgʻir (qoʻshiq)




Yomgʻir “ — „Sahar“ oʻzbek rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2000-yil eʼlon qilingan. Guruhning 2001-yil eʼlon qilingan „Oʻsha sizmi?“ nomli albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Yomgʻir“ pop-rok janrida boʻlib, sol minor tonalligida yozib olingan.

Tarona 2000-yillarning birinchi yarmida Oʻzbekistonda hamda qoʻshni respubliklalarda eng keng ommalashgan xitlar safiga kiradi. 1999-yil tuzilgan „Sahar“ guruhi aynan „Yomgʻir“ qoʻshigʻi ortidan Oʻzbekistonda hamda qoʻshni respublikalarda shuhrat qozongan. „Yomgʻir“ boshqa xonandalar va musiqiy guruhlar tomonidan eng koʻp kaver qilingan oʻzbek tilidagi qoʻshiqlarning biridir.

Qoʻshiq soʻzini ham, musiqasini ham guruh solisti Anvar Joʻrayev yozgan. Qoʻshiq yozilganidan keyin Joʻrayev yana bir guruh aʼzosi bilan uni „Grand“ radiokanaliga olib borgan. U yerda qoʻshiqni Aziz Aliyev eshitib koʻrgan va yuqori baholagan. Aliyev guruhga radioda qoʻshiqni bepul efirga uzatishni taklif qilgan. Buning ortidan qoʻshiqni koʻplab radiokanal eshittira boshlagan.

„Yomgʻir“ qoʻshigʻi rejissyor Ayub Shahobiddinov suratga olgan „Sevinchi“ (2004) filmi saundrekiga kiritilgan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha qoʻshiqchi va musiqiy guruh kaver qilgan. 2016-yil „Koʻk choy“ guruhi Mr. Slan bilan hamkorlikda qoʻshiq kaverini yozgan. Oʻsha yili „Sahar“ guruhi qoʻshiqni „Jangbir“ (qozoqcha: Жаңбыр) nomi bilan qozoq tilida kuylagan.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz