YO’LDOSHEV MUHAMMADJON YO’LDOSHEVICH



YO’LDOSHEV MUHAMMADJON YO’LDOSHEVICH (1904.1.5, Farg’ona viloyati, Beshariq qishlog’i — 1985.3.9, Toshkent) — tarixchi olim, sharqshunos. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1968). O’rta Osiyo kommunistik universitetini tugatgan (1928). Dastlab partiya va maorif ishlarida ishlagan. 50-yillardan so’ng ilmiy ish bilan shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida sho’ba mudiri, keyinchalik katta ilmiy xodim (1961-82). Asosiy ilmiy ishlari o’zbek xalqining o’rta asr tarixi va manbashunoslikka oid masalalarni yoritishga bag’ishlangan. Xiva xonligi va Buxoro amirligi tarixiga oid arxiv hujjatlarini topish, tadqiq etish va nashr etishda alohida xizmat ko’rsatgan. As: Xiva xonligida feodal er egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959; K istorii torgovix i posolskix svyazey Sredney Azii s Rossiey v XVI-XVII vv., T., 1964; K istorii krestyan Xivi XIX v., T., 1996.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz