YO’LDOSHEV KARIM (1940.15.1, Toshkent) — rejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intining rejissyorlik fakultetini tugatgan (1965). 1965-75 yillar Namangan teatrida rejissyor, bosh rejissyor, direktor, 1987-98 yillar rejissyor, 1999 yildan yana bosh rejissyor. 1975-86 yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissyor. Eng yaxshi spektakllari: “sarvqomat dilbarim” (Ch. Aytmatov), “Layli va Majnun” (Xurshid), “qaroqchilar” (F. Shiller), “Mayna Hasanova” (A. Rahmat), “G’ariblar” (V. Delmar), “o’n uchinchi rais” (O. Abdullin), “Usmon Nosir qayerda” (A. A’zamov), “Qatag’on” (O’. Hoshimov), “Qirol Lirning so’nggi nabiralari” (Shekspir va Pushkin asarlari asosida), “Alpomish” (A. Jabbor) va boshqalar. Hamza teatrida “Sohibqiron Temur” (A. Oripov) spektaklini sahnalashtirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish