Yo`ldoshev Behzod Sodiqovich




Behzod Sodiqovich Yoʻldoshev (1945.9.5, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizikamat, fanlari doktori (1981), professor (1987). ToshDU ni tugatgan (1968). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1968—83), direktor (1990-yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika ilmiy tadqiqot intida laboratoriya mudiri (1984—90). 2000-yil 12 sentabrdan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti. Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid. Yoʻldoshev rahbarligida Yadro fizikasi institutida jahon standartlariga mos keluvchi radioizotoplarni keng koʻlamda ishlab chiqarish va chetga sotish ishlari yoʻlga qoʻyildi; mahalliy togʻkon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qoʻshimcha ravishda ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi va hokazo.

Yoʻldoshev Vashington universiteti fizika fakulteti professor (1977—78; 80—81; 89—90) sifatida yuqori energiyali neytrinolarning oʻzaro taʼsirida boʻladigan yadroviy effektlarni oʻrganish boʻyicha ilmiy loyihaga rahbarlik qildi. Keyingi yillarda AQSH, Kanada, Rossiya va Oʻzbekiston fiziklari tomonidan Kanadaning "Triumf" yadroviy markazida va E. Fermi nomidagi Milliy tezlatkichlar laboratoriya (Bataviya, AQSH) da hamkorlikda bajarilayotgan xalqaro ilmiy loyihalar rahbari.

Yoʻldoshev bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar aʼzosi, xorijiy untlar faxriy doktori. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (2001-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz