YO’LDOSHEV ABDULAZIZ DAMINOVICH



YO’LDOSHEV ABDULAZIZ DAMINOVICH (1921.8.11, Andijon viloyati, Xonobod shahri — 1968.16.9, Andijon) — 2-jahon urushi katnashchisi, leytenant. 8-o’qchi diviziyaning 229-polki, 6-o’qchi rotasining komandiri. 1940 yildan armiya safida. Stalingrad jangida, Kursk ostonalaridagi jangda va boshqa bir qancha shaharlarning mudofaa janglarida qatnashgan. Ikki marta og’ir yarador bo’lgan. Dnepr daryosini kechib o’tishda mislsiz jasorat ko’rsatgan Yo’ldoshev Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1943, 16-oktabr). Urushdan keyin Andijonda Artel raisi, paxta tozalash zavodida direktor o’rinbosari lavozimida xizmat qilgan. Xonobod va Andijondagi ko’cha hamda Andijondagi 45-maktabga uning nomi berilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz