YO’LBARSQUYRUQ



YO’LBARSQUYRUQ – Orol dengizining Janubda, avvalgi Mo’ynoq yarim orolining shimoli-g’arbiga tutashgan qirg’oq bo’yi marza orolidan iborat kum tili. Orol dengizining chekinishi tufayli quruqlik bilan qo’shilib ketgan. Balandligi 53— 54 metr, uzunligi 21 kilometr bo’lgan. Qadimgi uchta qum marzasidan iborat. Shimoli-g’arbida Yo’lbarsquyruq burni bo’lgan. U yerda 1960-80 yillarda gidrometeorologik stansiya faoliyat ko’rsatgan. Dengiz chekingandan keyin Yo’lbarsquyruqni barxando’ng qumlar qoplagan. Hududda qora saksovul, Qandim kabi butalar tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz