YO’L MASHINALARI



YO’L MASHINALARI — yo’l qurilish ishlarish ishlatiladigan mashinalar. Yo’l mashinalarining o’ziyurar, o’rnatma va tirkama (avtomobil, traktor va tyagachlarga tirkaladigan); tayyorlov ishlarida ishlatiladigan (daraxt qulatkich, tosh yig’gich, yumshatkichlar) va tuproq ishlarida ishlatiladigan (buldozer, greyder, greyder-elevator, ekskavator, ariq qazigich, yo’l g’altagi, titrama zichlagich, zichlagichlar) xillari bor. Gruntni qatlam-qatlam qilib zichlashda o’zi ag’dargichlar, skreper va boshqalar bilan keltirilgan material galtaklar, titrama galtak, shibbalagichlar bilan zichlanadi. Zaminni tayyorlashda, takomillashgan, yengil yo’l qoplamalarini qurishda chaqiq tosh, shag’al, lagich, yuvgich, beton qorgich va asfalt-beton qorgichlar; yo’l zaminini va qoplamasini hosil qiladigan mashinalar: betonni pardozlagichlar, gudronatorlar; yo’lni ta’mirlovchi va uni yaxshi holatda saklovchi maxsus mashinalar: ta’mirlovchi avtogreyder va tekislagichlar, ta’mirlovchi gudronatorlar xamda bitum krzonlari, avtota’mirlovchilar, qum otgichlar, supirib-yig’gichlar, suv sepish mashinalari, qor tozalash va boshqa mashinalar bor. Yo’l mashinalarida avtomatik nazorat qilish qurilmalari va gidravlik yuritmalar qo’llaniladi. Yo’l mashinalari yo’l qurilish ishlarida, gidrotexnik, aerodrom, sanoat, fuqaro va qishloq xo’jalik qurilishida, kon sanoatida va boshqalarda ham qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz