Yogurtni kim o’ylab topgan?



Yogurtni ixtiro qilgani uchun biz XX asrda yashagan rus olimi I. I. Mechnikovdan minnatdor bo’lmog’imiz kerak. U birinchi bo’lib ko’plab sutemizuvchilarning ichagida kun kechiruvchi koli bakteriyasidan qatiq ivitish uchun foydalanishni bilib qoladi. Bu bakteriyalar bilan ivitilgan sut ovqat hazm qilish traktiga yaxshi ta’sir ko’rsatishi ma’lum bo’ldi, shuning uchun yogurt bir vaqtning o’zida yaxshi hazm bo’ladigan mahsulotga aylandi. Bunday tashqari, sut bu bakteriyalar bilan ivitilganda uning to’yimlilik xossalari ham ortar ekan. Yogurtning bu barcha sifatlari darhol unga e’tiborni jalb etadi. U o’z nomini qadim zamonlarda qo’yning tozalangan oshqozonidan yangi sog’ilgan sutni saqlash uchun foydalangan uch noma’lum cho’pon haqidagi xotiradan olgan edi. Konservalashning zamonaviy usullari nafaqat sutli yogurt tayyorlashga, qolaversa turli xil ta’m beruvchilar, masalan, mevali, shuningdek shokoladli va vanilinli yogurtlar ishlab chiqarishga imkoniyat yaratdi.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi


Uzpedia.uz