Yogʻliq Qora




Yogʻliq qora (Leptaleum fi lifolium) — karamdoshlar (krestdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻt, efemer oʻsimlik, boʻyi 5—20 sm. Poyasi sershox, mayda tuklar bilan qoplangan. Bargi ensiz, qalami yoki patsimon qirqilgan. Guli pushti, tojbargi 1 sm. Qoʻzogʻi qalami, oʻtkir uchli, uz. 1—4 sm. Urugʻi qoʻzoqsa 2 qator joylashgan. Mart—mayda gullab mevalaydi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlaridagi choʻl va adirlarda, togʻ yon bagʻirlarida koʻp oʻsadi. Erta bahorda mollar uchun yaxshi ozuqa boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz