YOG’IN O’LCHAGICH
YOG’IN O’LCHAGICH — atmosfera yog’inlari (yomg’ir, qor, do’l) miqdorini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Eng keng tarqalgan xili (V. D. Tretyakov Yog’in o’lchagichi) yog’in yig’iladigan chelaksimon idish (yog’in tushadigan yuza 200 santimetr kvadrat, balandligi 40 santimetr) va maxsus himoya qurilmasi (chelak atrofiga mahkamlangan plastinalar) dan iborat. Yog’in o’lchagich yerdan taxminan 2 metr balandlikda idish yuzasi qat’iy gorizontal turadigan qilib o’rnatiladi. Yog’in miqdori o’lchov stakani yordamida o’lchanadi. O’lchov birligi — millimetr. Qattiq yog’inlar — qor, do’l erib suvga aylanganidan so’ng o’lchanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz