Yofas Alpin




Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov (Abdusattor Jumanazar, Yofas Alpin)  (1961-yil 25-iyulda tugʻilgan) – taniqli oʻzbek sharqshunos, manbashunos va adabiyotshunos olimi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi. Buxoro va Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixiga atab yaratilgan ilk monografiyalarning muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi



Abdusattor Jumanazar 1961-yil OʻzSSRning Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Abdusattor Jumanazar turli yillar davomida bir nechta gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. Shuningdek u Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosidir.

Abdusattor Jumanazar „Xilvat ahli“, „Madoris“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“, „Tugʻli hikoyalar burji“, „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“, „Qoratosh: Muhammad Ali Qoratoshiy tarixi“, „Bulungʻur“ kabi ilmiy-badiiy kitoblarning muallifi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz