Yodgoroy Mirzoyeva
Yodgoroy Tulkinjonovna Mirzoyeva (1996-yil 22-aprel, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, engil vazn toifasida ishtirok etadi. Uch marta Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzbek boks tarixida Yozgi olimpiada oʻyinlari ishtirok etgan birinchi ayol. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
Biografiyasi
2019-yilda Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetini tamomlagan.
Sport karyerasi
2015-yilda Ulanchabda (Xitoy) ayollarning boks boʻyicha Osiyo chempionatida 57 kg boʻlgan vazn toifasida Mirzayeva bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2016-yilning 23-martidan 3-apreliga qadar Syanʻanʻ shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining saralash bahslarida u 51 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2016-yilda Rio-de-Janeyro (Braziliya) boks boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. U birinchi davrada kanadalik Mendi Budjold bilan toʻqnash keldi, biroq toʻrtinchi bosqichda ochko yoʻqotdi.
2017-yilda Xoshiminda (Vyetnam) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida Yodgoroy Mirzaeva yarim finalda hindistonlik sportchi Sonii Singxga yutqazib, bronza medali sohibiga aylangandi.
2018-yilda u Nyu Delida (Hindiston) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida qatnashdi, lekin birinchi raundda ruminiyalik bokschi Lakrimiore Perixosga yutqazib qoʻydi.
2019-yili Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtgan ayollarning boks boʻyicha oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida u yana bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org