Yodgorbek Akbarov
Yodgorbek Akbarov (1979-yil 20-noyabr) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi.
Tarjimai holi
Oʻzbekiston oliy divizionida 2003-yili „Sementchi“ tarkibida 23 yoshida debyut qilgan. Mavsum yakunida jamoa tushib ketish zonasidan joy oldi va futbolchi 11 ta gol bilan uning toʻpurariga aylandi. Keyingi mavsumda yana bir autsayder — „Surxon“ safida oʻynadi va faqat bitta gol urdi. 2005-yilda „Andijon“ tarkibida birinchi liga gʻolibi boʻldi va 24 ta gol (boshqa ma’lumotlarga koʻra 26) toʻp kiritib, turnir toʻpurarlari uchligiga kirdi. Ammo keyingi yili oliy ligada „Andijon“ safida bor yoʻgʻi 7ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
2007-2009-yillarda Qirgʻizistonning „Alay“ (Oʻsh) jamoasida oʻynagan va klubning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlgan. 2007-yilda 10 ta gol bilan Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari 10 taligiga kirgan boʻlsa, 2008-yilda (9 gol) va 2009-yilda (11 gol) uchinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, 2008 va 2009-yillarda chempionatning bronza medali sovrindori, 2009-yilda esa Qirgʻiziston kubogi finalchisi boʻlgan. 2010-yilgi mavsumni, „Alay“ chempionatdan chetlatilganidan soʻng, Bishkekning „Alga“ klubiga oʻtkazildi va shundan keyin u yuqori saviyada oʻynamadi.
Havolalar
uz.wikipedia.org