Yodgor Saʻdiyev




Yodgor Habibovich Saʼdiyev — taniqli oʻzbek kino va teatr aktori, rejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). «Shaytanat» filmidagi Asadbek roli bilan mashhur.

Yodgor Saʼdiyev 1946-yil 12-iyunda Toshkent shahrida tavvalud topgan. 1971-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1968-yildan hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri, shuningdek, 1998-yildan «Qalqon» studiyasining badiiy rahbari.

Saʼdiyev ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmun ila yoʻgʻrilgan boʻlib, qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixologik oʻtkir tarzda talqin etishi bilan ajralib turadi. Qahramonga dramatik xatti-harakat, ohang, imo-ishora topa olishi, uning ichki va tashqi tomonini uygʻunlashtira olishi bilan diqqatga sazovor.

«Mirzo Ulugʻbek» spektaklidagi Fransiya elchisi sahnadagi ilk obrazidir. Karl Morr («Qaroqchilar»), Kochkaryov («Uylanish»), ertakchi («Qor malikasi»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Prometey («Olovni tashlama, Prometey»), Kichik oʻgʻil («Gʻariblar»), Bobur («Yulduzli tunlar»), Klimkov («Roʻyxatlarda yoʻq»), Arslon («Oyna»), Abdurahmon («Mehrobdan chayon»), Filipp («Roʻyo»), Abror Hidoyatov («Tomosha davom etadi») kabi rollari bilan mashhur.

Saʼdiyev kinoda «Dilbarim»da Abdusalom, «Oʻn uch terak koʻchasi»da Olimjon, «Armon»da Dadaboʻri, «Yengilmas»da Shayx Jaʼfar, 20 qismli «Shaytanat»da Asadbek roli bilan shuxrat qozongan.

«Shaytanat»ning 7-dan 20-qismigacha Saʼdiyev rejissyorlik ham qilgan.

Shuningdek, telefilm, videofilm va telepostanovkalarda ham oʻynagan: «Abu Ali ibn Sino»da Ibn Sino, «Diyonat»da Jabbor, «Girdob»da Yoʻldosh, «Alisher Navoiy»da Badiuzzamon, «Imon»da Orifjon, «Ichkuyov»da Oʻrinboy, «Soʻnggi oʻq»da Jahongir va boshqalar.
Iblis devori, Besh qismat, Jigarbandim, Honadon, Oltin tulpor duoibadi
Rejissyor sifatida «Aldagani xotin yaxshi» (J.Puare), «Tungi mehmon» (F.Bogdanov), «Hayot eshik ortida» (S.Sirojiddinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan. Xayrulla Saʼdiyev (akasi) va Jahongir Saʼdiyev (nabirasi) Shaytanat videofilmida rol ijro etgan.

1983-yil «Roʻyo» spektaklidagi Filipp roli uchun «yilning eng yaxshi erkak roli» unvonini olgan. 1989-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati deb tan olingan.

Film




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz