Yodgor bahshi Ishoqov




Bu maqola oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri Alisher Navoiy haqidadir. Navoiy soʻzining boshqa maʼnolari uchun mana bu sahifaga oʻting.

1925-yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Qosim Raxmetov nomli jamoa xo‘jaligiga qarashli Avoxli qishlog‘ida tug‘ilgan, 1942-yilda 20-o‘rta maktabpn tamomlab fashizm bilan urushda yarador bulib qaytgan Yodgor baxshi Ishoqov Xatirchi farzandi edi. Faoliyatini o‘zi o‘qigan maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan Yodgor Ishoqov keyinchalik Oqtosh shahrida klub mudiri, Islom shoir Nazar o‘g‘liga kotib buldi. 1961-yilda birinchi kosmonavt uchuvchi Yu. Gagaringa bag‘ishlab yozgan „Fazogir“ nomli sheʼri bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi Abdulla Qaxxor nazariga tushdi va u kishining taklifi bilan 1964-yilda Toshkentga ko‘chib keldi. Yodgor baxshi Ishoqov 1989-yil oxirlarida bandalikni bajo keltirgan. Shoirdan yettita sheʼr va g‘azallar to‘plami, 4 o‘g‘il va 3 qiz qolgan. O‘g‘il-qizlari turli kasb egalari bo‘lishib, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan halol mehnat qilishmoqda. Uning g‘azallarini respublikaning mashhur, taniqli hofizlari Faxriddin Umarov, Oxunjon Madaliyevlar kuylaganlar. Mashhur baxshi Po‘lkan shoirning o‘g‘li Umarqul Po‘lkanov, nevarasi Amirqul Po‘lkanovlar uning ishini davom ettirdilar, yozuvchilar uyushmasining aʼzosi bo‘ldilar. Bugungi kunda shoir Umarqul Po‘lkanovning „Kuylayman“, „Xech nim bilmasin“, „Bir bahor dostoni“ singari sheʼriy to‘plamlari, Amirqul Po‘lkanovning „Buloq“, „Poyga“, „Izhor“, „Yurtim ziyosi“ kabi bir qancha lirik va hajviy sheʼriy to‘plamlari kirib bormagan xonadon yo‘q hisobi.

„…Suyangan davlatim, armonim Vatan,
Dunyoda boru yo‘q, imkonim Vatan,Yurtimdan uzga hech qo‘nalg‘am yo‘qdir,Orzuyim, armonim, iymonim Vatan“,

deganida shoir Xatirchini nazarda tutmaganmikin? Axir, Vatan kindik qoning tomgan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytilmagan-ku! Shoirning qo‘lidan bevaqt tushgan qalam. Uning qizi Saodat, o‘g‘li Maqsud Po‘lkanovlar qo‘lida mahkam tutilib, o‘zbek sheʼriyati bustoniga uziga xos uslub va ovoz bilan kirib kelmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz