Yn Araab Saudi




Saudiya Arabistoni , (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Saudiya Arabistoni Podshohligi (Al-Mamlaka al-Arabiya as-Saudiya) — Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. BMT aʼzosi boʻlgan bu mamlakat Arabiston yarim orolning taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Maydoni 2,25 million km². Aholisi — 34 218 169 kishi (2019). Bulardan 5,3 million kishi mamlakat fuqarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Ar-Riyod shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi



Saudiya Arabistoni— mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaqtda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992-yil 1 martda podshoh farmoni bilan 4 yillik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997-yilda Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi.

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan.

Tabiati



Saudiya Arabistonijanubi-gʻarbda Qizil dengiz, shimoli-sharqda Hind okeanining Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Qirgʻoklari koʻp joyda past, qumloq, baʼzan qingʻirqiyshiq. Saudiya Arabistoni koʻp qismini (1 million km² ga yaqinini) choʻl tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (gʻarbga tomon 1000–1300 m ga, sharqqa tomon 200–300 m gacha pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari bilan sezilarsezilmas boʻlinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toshloq choʻllar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli choʻllarning eng yiriklari — Nefud, Dahna. RubʼulXolishshx shimoliy qismi barxanlar (200 m balandliklikkacha), tizmali doʻng qumliklardan iborat. Zinasimon qir koʻp. Gʻarbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500–3000 m boʻlgan Hijoz va Asir togʻlari choʻzilib ketgan. Fors qoʻltigʻining sohili boʻylab ayrim joylari botqokdik yoki shoʻrxok qatlam bilan qoplangan AlXasaʼ pasttekisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha).

Gʻarbda Afrika — Arabiston platformasi fundamentining turtib chiqqan yeri — NubiyaArabiston qalqoni joylashgan boʻlib, u arxey — quyi proterozoy davrlariga mansub gneys va migmatitlar, shuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal choʻkindi komplekslaridan (qalinligi 10 km dan ortiq) iborat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: shimoli-sharqiy yoʻnalishda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga choʻkkan, bu jinslar vend va paleozoydan boshlanib, mezozoy va paleogenni oʻz ichiga oladi. Fors qoʻltigʻining yon bagʻri boʻylab Mesopotamiya chekka egilmasining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan boʻlib, uning janubiy chekkasida yirik neft konlari joylashgan. RubʼulXoli sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinslari orasida temir, xrom, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin rudalari, nodir yer elementlari, berilliy va qalay konlari bor.

Iklimi shimolda subtropik, janubda tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qishi iliq. ArRiyodda iyulning oʻrtacha temperaturasi 33°, yanvarda 14°, eng yuqori temperatura 48°, mamlakatning janubda 54° va undan yuqori boʻlishi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga yetadi. Shimolida baʼzan temperatura — 11° gacha pasayadi. Yogʻin miqdori deyarli hamma joyda 100 mm dan kam (yogʻin markaziy hududlarda bahorda, shimoliy hududlarda qishda, janubda yezda nisbatan koʻproq boʻladi), togʻlarda yiliga 400 mm ga yetadi. RubʼulXoli qumli choʻl va boshqa ayrim hududlarda oʻn yillab yogʻingarchilik boʻlmaydi. Asir viloyatidagi togʻlarda yogʻin yiliga 25,5 mm ni tashkil etadi. Jan.ning issiq samum shamoli bahor va yozning boshlarida qum boʻronlariga sabab boʻladi.

Muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Suv uch xil yoʻl bilan: quduqlar, yomgʻir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yigʻish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. Saudiya Arabistonida dunyoda eng koʻp chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomgʻir va toshqin suvlaridan toʻliq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 boʻlgan hovuzlar kurilgan. Sizot suvlar ehtiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuprogʻi oddiy choʻl tuprogʻidan iborat, hududining katta qismida tuproq qatlami oʻrnini tuz qoplami egallaydi. Shimolida dagʻal subtropik boʻz tuproq, janubda shoʻr tuproq va oʻtloqshoʻrxok tuproqlar mavjud.

Oʻsimligi, asosan, choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Ayrim joylarda oq saksovul, yantoq, toshloq choʻllarda lishayniklar, lavali maydonlarda shuvoq, astragal, vodiy oʻzanlarida yakkaterak, akatsiyalar, shoʻr yerlarda yulgʻun, suv boʻylarida va shoʻrroq joylarda galofitlar oʻsadi. Koʻchib yuruvchi qumli choʻllarda deyarli oʻsimlik oʻsmaydi. Namgarchilik koʻp boʻlgan yillari va bahor paytida koʻproq efemer oʻsimliklar oʻsadi. Janubidagi togʻlarda savanna koʻp. Oʻrmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. Oʻrmonlar S.A.ning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Koʻchuvchi qumlardan saklash uchun tabiiy himoya chizigʻini shakllantirish maqsadida daraxtlar ekiladi. Har yili koʻchat ekish xaftaligi oʻtkaziladi. Hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, gʻizol, daman, quyon, arab yoʻlbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Koʻpgina kemiruvchilar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. Saudiya Arabistoni chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va boshqa dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish hamda rivojlantirish milliy qoʻmitasi tomonidan umumiy maydoni 90 ming km² boʻlgan 15 qoʻriqxona va Asir milliy bogʻi tashkil etilgan.

Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. S.A.da 200—800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina Saudiya Arabistoni dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Ar-Riyod, Jidda, Makka, Madina.

Tarixi



Saudiya Arabistoni hududida qadimdan (mil. av. 2 ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-asrda Arabiston yarim orolning gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo boʻlib, poytaxti Madina shahri boʻlgan ilk musulmon teokratik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-asrlarda S.A. hududining koʻp qismi Ummaviylar, 8-asrning 2-yarmi — 9-asrlarda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-astlarda Arabiston yarim orolning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-asrning oʻrtalari va 16-asrning boshlarida mamluklarga qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saqlab qolishga urinishgan. 16-asr boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-asr ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xokimi Muhammad ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745-yil Arabistonni vahhobiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-asrning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat — birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 yillarda Arabiston yarim orolning koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843-yil Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. ArRiyod shahri poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiilarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840-yildan soʻng ham Hijoz turklar qoʻlida qolaverdi. 19-asrning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902-yil amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902-yildan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915-yil dekabrda Angliya — Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916-yil Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918-yil Husayn "arablar podshosi" degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. Birinchi jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920-yil u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930-yil boʻysundirildi). 1921-yil Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xohlamagan Buyuk Britaniya 1922-yil oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922-yil Uqayrada Iroq bilan Kuvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.

Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 yillarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926-yil yanvarda u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va boshqa qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927-yil Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932-yildan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934-yil S.A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi.

Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45)da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S.A.da AQSH taʼsiri kuchaya boshladi. 1943-yil AQSH Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va S.A. ga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning ARAM KO neft kompaniyasi 1972-yilga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962-yil Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964-yil 2-noyabrda esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻddi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va hokazo), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960-yillarning 2-yarmidan S.A. tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil agressiyasiga duchor boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973-yilgi Yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S.A. oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974-yil oktabr oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida S.A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975-yil 25 martda podshox. Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982-yil iyunda PodshohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. S.A. — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil fev,da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23-sentabr — Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932).

Xoʻjaligi



Iqtisodiyotining asosi — neft va gaz sanoati. Ikkinchi jahon urushiga qadar S.A. xoʻjaligida chorvachilik ustun boʻlgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 yillik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, qishloq xoʻjaligi ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni tashkil etadi. Saudiya Arabistoni yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri keladi.

Sanoati



S.A. neft zaxiralari boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda (35,8 mlrd. tonna), neft qazib chiqarish boʻyicha 2oʻrinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95% "Saudi ARAM KO" milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. S.A.da kuniga 7,5 mln. barrel (2002-yil 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda 4oʻrinni egallasada, uni qazib olish boʻyicha Yaqin Sharqda loʻrinda turadi. 1960-yillarning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qogʻoz (Dammom), oziq-ovqat (Makkadagi yog zavodi, konditer fabrikasi, ArRiyoddagi sabzavot konservalari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan fabrika hamda Hufuf va Madinadagi xurmoni qayta ishlash fabrikasi), toʻqimachilik, qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan. Jidda, Dammom va ArRiyodda sement zavodlari, Dahronda oynashisha zavodi bor. Bu korxonalarning koʻpchiligi toʻliq yoki qisman (70%cha) "Sabik" davlat konserniga karashli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. S.A.da hunarmandchilik, shu jumladan, zargarlik korxonalari salmokli oʻrin egallaydi.

Qishloq xoʻjaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmogʻi hisoblangan. 1990-yillardan u juda tez surʼatlar bilan rivojlandi va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy maydon 1990-yillarningoxirida 1,8 mln. gektarga yetdi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — gʻalla, sholi. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, banan, sabzavot va mevali oʻsimliklar ham oʻstiriladi. Koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan: tuya, qoʻy, echki, qoramol, shuningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash bilan shugʻullaniladi. Yiliga oʻrtacha 698 ming t sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat oʻz aholisini asosiy oziqovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlaydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 mln.dan ortiq ziyoratchiga xizmat koʻrsatiladi.

Temir yoʻllar uz. 1400 km ni tashkil etadi. Eng yirik temir yoʻl yoʻnalishlari Dammom— Dahron—ArRiyod (562 km), Hufuf—ArRiyod (322 km). Avtomobil yoʻllari uz. 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. — 3,7 ming km. S.A. Yaqin Sharqda eng kuchli dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammom, Jubayl, Daba va boshqa Mamlakatdagi 25 aeroportdan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi "SaudiArabiyen erlayns" aviakompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda.

S.A. chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bugʻdoy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, isteʼmol mollari, transport vositalari, metall, toʻqimachilik buyumlari, qurolyarogʻ oladi. Asosan, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Fransiya, Germaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — S.A. riyoli.

Tibbiy xizmati



Soʻnggi 30 yil ichida mamlakatda kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan keng qoʻlamli investitsiya dasturlarini amalga oshirish tufayli ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Ilgari aholi orasida koʻp uchraydigan sil, bezgak, teri va traxoma kasalliklari deyarli barham topdi. Mamlakatga har yili keladigan ziyoratchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Buning uchun Makkada 7 kasalxona, 40 tibbiy markaz, Minoda 4 kasalxona va 24 tibbiy markaz, Arofatda 3 kasalxona va 43 tibbiy markaz, Muzdalifada 6 tibbiy markaz, Madinada 8 kasalxona va 48 tibbiy markaz mavjud. S.A.da 42625 oʻrinli 290 kasalxona bor. Tibbiy markaz va dispanserlar soni 4000 dan oshadi. 2000-yil 30 544 vrach, 61 214 hamshira va 31977 texnik assistent ishladi. Vrachlarning 17% S.A. fuqarolari, qolganlari misrlik, pokistonlik, malayziyalik va boshqa mutaxassislardir. Eng chekka viloyatlardagi bemorlarni markaziy ixtisoslashgan kasalxonalarga tezkorlik bilan keltirish maqsadida 22 samolyotdan iborat havo ambulatoriyasi mavjud. S.A. Qizil Yarim Oy jamiyatining 154 markazi va 500 Kuchma ambulatoriyasi, 27000 xizmatchisi ham aholiga favqulodda yordam koʻrsatadi. Mamlakat va chet el fuqarolari uchun tibbiy xizmat bepul.

Maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari



1926-yil boshlangʻich majburiy taʼlim va dunyoviy maktablar ochish, 1960-yil qizlarni majburiy taʼlimga jalb etish qaqida qonunlar qabul qilingan. Taʼlim tizimi davlat qaramogʻida boʻlib, mamlakat fuqarolari va chet elliklar uchun ham bepul. Maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 yillik, oʻrta maktab 2 bosqichli boʻlib, toʻliqsiz oʻrta (3 yil) va toʻliq oʻrta (3 yil) maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida hunartexnika maktablari (4 yillik), toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari (2 yillik) ishlaydi. Maktablarda oʻgʻil bolalar va kizlar alohidaalohida oʻqitiladi. S.A.da oʻgʻil bolalar uchun 11191 va qiz bolalar uchun 11441 maktab boʻlib, ularda4,15 mln. bola oʻqiydi, 292 ming oʻqituvchi ishlaydi. Har bir oʻqituvchiga 15 oʻquvchi toʻgʻri keladi. Bu — dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda xususiy taʼlim muassasalari ham mavjud. Mamlakatda bir qancha oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: ArRiyoddagi podshoh Saud universiteti (1957), Jiddadagi Abdul Aziz universiteti (1967), Madinadagi I slom tadqiqotlari universiteti (1961), ArRiyoddagi Imom Muhammad ibn Saud islom universiteti (1974), Sharqiy vshgoyatdagi podshoh Faysal universiteti (1974), Makkadagi Umm alKura universiteti (1981), Dahrondagi podshoh Faxd nomidagi neft va minerallar universiteti (1963), ArRiyoddagi Oliy texnologiya instituti va Texnika instituti. Oliy taʼlim beradigan universitet, institut va kollejlarda 297 830 talaba taʼlim oladi.

Yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona (1968), Saud kutubxonasi, ArRiyod universiteti kutubxonasi, Mahmudiya kutubxonasi, Orif Hikmat kutubxonasi, Madina universiteti kutubxonasi. S.A.da 153 madaniy markaz, madaniyat va sanʼat jamiyati, adabiyot klublari faoliyat koʻrsatadi. 12 ta muzey bor. Ularning eng yiriklari: ArRiyoddagi arxeologiya va xalq merosi milliy muzeyi, AlMasmak kalʼasi muzeyi, Dammomdagi Mintaqaviy muzey va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. S.A.da 100 dan ortiq kundalik gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari arab tilida: "AlBilad" ("Mamlakat", kundalik gazeta, 1934-yildan), "AnNadva" ("Klub", kundalik gazeta, 1958-yildan), "AlMadinaAlMunavvara" (kundalik gazeta, 1937-yildan), "ArRiyod" (kundalik gazeta, 1964-yildan), "AlJazira" ("Orol", kundalik gaz.), "AshSharqalAusat" ("Yaqin Sharq", gazeta, 1978-yildan); ingliz tilida: "Arab Nyus" ("Arab yangiliklari", kundalik gazeta, 1975-yildan). Eng yirik va nufuzli nashriyot "AlYamama" hisoblanadi. Radioeshittirish 1948-yildan boshlangan, 23 davlat radiostyasi mavjud. Eshittirishlar 4 kanal orkali arab va ingliz tillarida, chet ellarga fransuz, turk, urdu, bengal, fors, oʻzbek, suaxili va indonez tillarida uzatiladi. S.A.da milliy telekoʻrsatuv faoliyati 1965-yildan boshlangan.

Makka (1967), Madina (1967), Dammom (1969)da yirik televizion markazlar mavjud. Teleeshittirishlar 2 kanal orqali olib boriladi. Sunʼiy yoʻldosh orqali telekoʻrsatuvlar asosiy axborot manbaidir. 70% teletomoshabinlar undan foydalanadi.

Adabiyoti



Hozirgi S.A. hududidagi qad. va oʻrta asr adabiyoti arab madaniyati oʻzanida rivojlandi. Hijozda 5— 7-asrlarda badaviylar sheʼriyati (ImruulQayS) rivojlandi, 7-asrning 1-yarmida esa "Qurʼon" xatga tushirildi. Badaviylar sheʼriyati namunalari va "Qurʼon" mumtoz arab tilini namoyon etuvchi buyuk manba hisoblanadi. Arab xalifaligi tashkil topishi, 7-asrning 20 yillarida adabiy hayot markazlarining oʻzgarib turishi (Damashq, Bagʻdod, Kohira va boshqalar) S.A.da adabiyot rivojini birmuncha sustlashtirdi. Vahhobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tuzilishi yangi adabiyot rivojini uzok vaqtgacha toʻxtatib qoʻydi. Qoʻshni arab mamlakatlarining taʼsirida 20-asrning 20 yillaridan bir qancha shoir, jurnalist, yozuvchilar yetishib chiqdi. Ularning asarlarida maʼrifatparvarlik, romantik va realistik yoʻnalishlar uygʻunlashgan edi. Muhammad Surur asSabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yoʻnalish asoschilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan Fiki, Muhammad alAmir arRumeyxa kabi shoirlar mazkur yoʻnalishda ijod qilgan shoirlardir. Mehnatkash xalq hayotini, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etish Ahmad Abd alGʻafur Attor ijodida muxim oʻrin tutadi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin ashShayx Yaʼqub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd asSalom Hoshim Hofiz qissalari realistik yoʻnalishga ega. Realist yozuvchilar asarlarida sentimentalizm ruhi kuchli. 1957-yil Abd asSalom Hoshim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etishga bagʻishlangan "Hijozlik Samro" nomli birinchi romani nashr etildi. 50 yillardagi publitsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin Xalis, Saod alBovaridiy, Abdulla Abd alJabbor va boshqa ijodi muhim ahamiyatga egadir.

Hikoya janri yaqinda paydo boʻlgan boʻlsa ham, S.A. adabiyotida yetakchi oʻrinni egallaydi. Ahmad asSiboi, Hamid Damanquri hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Ahmad AsSiboining "Egizaklar" asari bu janrda yaratilgan birinchi asardir. Novella janri ham yangi janrlardan hisoblanadi. Husayn Ali Husayn, Muhammad Ulvan, Ali Xasuna, Siboi Usmon, Muhammad alMansura ashShakxa mazkur janrda samarali ijod qilmoqdalar. 80 yillardagi publitsistika va adabiy tanqidda Ahmad Abd alGʻafur al Attar, Muhammad Abdo Yamanini alohida koʻrsatish mumkin.

1980-yildan podshoh farmoni bilan adabiyot boʻyicha davlat mukofoti taʼsis etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati



Odam yuzi tasvirlangan tosh haykalchalar, hayvonlar tasvirlangan tosh relyeflar S.A. hududidagi qad. yodgorliklardan hisoblanadi (mil. av. 7—2-asrlar). Makka va Madinada oʻrta asr arab meʼmorligi yodgorliklari (masjid, Madrasa, minoralar) saqlangan. Hijoz shimolda mil. av. 2 va mil. 1-asrlarga oid nabatiyaliklar shahri vayronalari va qabrlar topilgan. Aholi turmush darajasining yuksalib borishi bilan anʼanaviy loy va xom gʻishtlar oʻrniga zamonaviy qurilish materiallaridan mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda villa va koʻshklar qurildi. Koʻchmanchilarning turar joylari esa echki terisi bilan yopilgan chaylalardan iborat. Yirik shaharlar (Makka, ArRiyod, Madina, Jidda)da jahon andozalariga mos darajada koʻp qavatli uylar, mehmonxona, stadion, aeroportlar mavjud. Zamonaviy qurilishlarda arab milliy meʼmorligi anʼanalari oʻz aksini topgan. Yirik inshootlarning devori koʻpi marmar bilan qoplangan.

Kinosi



S.A.da hayot tarzi islom dini arkonlari asosida qurilgani sababli kinoteatr va teatrlar yoʻq. Shunga muvofiq, kinematografiya sanʼati rivojlanmagan. Asosan, sport va ijtimoiy harakterga ega filmlar yaratiladi. Ommaviy tarzda kinofilm va spektakllar namoyish etilmaydi.

Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni munosabatlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz