Yılmaz Erdoğan




Yılmaz Erdoğan (1967-yil 4-noyabrda tugʻilgan) – turk rejissyori, aktyor va shoir oʻzining „Vizontele“ nomli debyut komediya filmini 2001-yil suratga olgan. 2007-yil „Bir Demet Tiyatro“ teleseriali bilan mashhurlikka erishgan. BKM teatr va kino prodyuserlik kompaniyasiga asos solgan. The Water Diviner (2014) filmidagi roli uchun 4th Australian Academy of Cinema and Television Arts Awards mukofotining Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor darajasiga sazovor boʻlgan.

Tarjimai holi



Yılmaz Erdoğan oilasi bilan Istanbulga koʻchib kelguniga qadar bolalik davri Anqara shahrida oʻtgan. Uning oilasi asli kurdlardan boʻlgan. 1987-yilda Erdoğan Istanbul Texnika Universitetidagi qurilish muhandisligi fakultetini tugatdi va Ferhan Shensoy tomonidan boshqariladigan Navbatchi teatr xodimlari (turkcha: Nöbetçi Tiyatrosu)ga ishga joylashadi. Shuningdek, Levent Kirjaning Olacak O Kadar televizion koʻrsatuvida bosh ssenariy muallifi boʻlgan. 1988-yilda oʻzining „Güldüşündürü“ nomli teatr jamoasiga asos soldi va oʻzi yozgan „Suleiman the Magnificent and Rambo“ (turkcha: Kanuni Sultan Süleyman ve Rambo) asarini juda zoʻr qilib sahnalashtirdi. 1994-yilda biznes hamkori Necati Akpınar bilan Beshiktosh madaniyat markazini (turkcha: Beşiktaş Kültür Merkezi) asos solgan va aktrisa Demet Akbağ bilan birga Mükremin Abi sifatida, Star TV-dagi „Bir Demet Tiyatro“ (1995–2002) serialida suratga tushgan. Shundan soʻng oʻzi prodyuserlik qilgan Vizontele Tuuba (2004) va Magic Carpet Ride (film) (2005) filmlarining keyingi qismlarini olgan. ATVda uning mashhur Bir Demet Tiyatro (2006–2007) teleserialining ikkinchi seriyasi va Rojdestvo komediya filmi "Jolly Life (2009) kabilar namoyish etildi. Shuningdek, Eyyvah Eyvah (2010) va Çok Filim Hareketler Bunlar (2010) komediya janridagi filmlarga ham prodyuserlik qilgan.

Filmografiyasi




Teatr




Kitoblari




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz